
Qarz va boshqa nizolar, mediatsiya
Qarzni undirish va nizolar
Qarz qaytarilmasa — tilxat va dalillar asosida pretenziya, sud va ijro. Iloji bo‘lsa, avval kelishuvga erishishga harakat qilamiz.
- Mediatsiya
- Qarzni undirish
- Sudda vakillik
- Ma’muriy ishlar
- Advokat №000452
- Mediator №570
- Ishni o‘zi yuritadi
Konsultatsiyaga yozilingAdvokat bilan shaxsan · ma’lumotlar sir saqlanadi
Yo‘nalish haqida
Nimalarda yordam beramiz
Advokat ro‘yxatdan o‘tgan mediator sifatida har bir nizoda avvalo sudsiz yechim izlaydi — bu vaqt va xarajatni tejaydi. Kelishuvga erishilmasa, ish sudga puxta tayyorgarlik bilan olib chiqiladi.
- Mediatsiya — nizoni sudgacha hal qilish, mediativ kelishuvlarni tayyorlash
- Qarzni undirish, zararni qoplash, shartnoma nizolari
- Pretenziya va da’vo arizalarini tayyorlash
- Iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy sudlarda vakillik
- Ma’muriy huquqbuzarlik ishlari, davlat organlari harakatlari ustidan shikoyat
- Sud qarorlari ijrosini ta’minlash
Qachon murojaat qilish kerak
Shunday holatga tushgan bo‘lsangiz — kechiktirmang
- 01
Qarz bergansiz, lekin qaytarilmayapti
- 02
Sizga nisbatan da’vo yoki pretenziya keldi
- 03
Ma’muriy jarima yoki bayonnomani adolatsiz deb hisoblaysiz
- 04
Sud qarori bor, lekin ijro etilmayapti
Qanday ishlaymiz · 4 qadam
Murojaatdan natijagacha
- 1
Konsultatsiya
Masala tinglanadi, hujjatlar ko‘rib chiqiladi, asosiy xavflar aniqlanadi.
- 2
Huquqiy taklif
Ish ko‘lami, muddat, strategiya va narx yozma ravishda taklif qilinadi.
- 3
Shartnoma
Yuridik yordam to‘g‘risida shartnoma tuziladi, advokatlik siri kafolatlanadi.
- 4
Ijro va hisobot
Ishni advokatning o‘zi yuritadi, har bir bosqich haqida xabar beriladi.
Savollar
Ko‘p beriladigan savollar
Savolingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling.
Qarz tilxat bilan berilgan. Uni undirish mumkinmi?
Ha, tilxat asosiy dalil hisoblanadi. Muhimi — da’vo muddatini o‘tkazib yubormaslik, shuning uchun kechiktirmang.
Mediatsiya majburiymi?
Yo‘q, mediatsiya ixtiyoriy. Lekin u ko‘pincha suddan tezroq va arzonroq, imzolangan kelishuv esa tomonlar uchun majburiy bo‘ladi.
Konsultatsiya narxi qancha?
Konsultatsiya narxi — 300 000 so‘m. Uchrashuvda masalangizni to‘liq tahlil qilamiz, hujjatlarni ko‘rib chiqamiz va keyingi qadamlar bo‘yicha aniq tavsiya beramiz. Ishni yuritish narxi alohida, yozma ravishda kelishiladi.
Ishimni boshqa yuristga topshirib yubormaysizmi?
Yo‘q. Har bir ishni advokatning o‘zi yuritadi — ish yordamchilarga yoki boshqa yuristlarga topshirilmaydi.
Xizmat narxi qanday belgilanadi?
Ish ko‘lami va murakkabligiga qarab: qat’iy narx, soatbay yoki oylik abonent xizmat. Narx ish boshlanishidan oldin yozma ravishda kelishiladi.
Birinchi qadam
Vaziyatingizni muhokama qilamiz
Ariza qoldiring — advokat siz bilan bog‘lanib, konsultatsiya vaqtini kelishadi. Uchrashuvdan siz aniq reja bilan chiqasiz.
- Vaziyat va hujjatlaringiz tahlili
- Xavflar va imkoniyatlar bahosi
- Aniq reja: nima qilish, qancha vaqt va qancha xarajat
- Advokatning o‘zi bilan, o‘zbek, xitoy yoki ingliz tilida
Boshqa yo‘nalishlar