
Keys · Mulkni bo‘lish
Ajrashdingiz, uy esa erining nomida? Qonun nima deydi
Ko‘pchilik «uy erimning nomida, demak menga hech narsa tegmaydi» deb o‘ylaydi. Bu noto‘g‘ri. Yaqinda shunday ishda mijozimizning huquqini himoya qildik.
- Oila kodeksi
- Er-xotin mulki
- Ajrashish
- Advokat №000452
- Mediator №570
- Ishni o‘zi yuritadi
Konsultatsiyaga yozilingAdvokat bilan shaxsan · ma’lumotlar sir saqlanadi
1Vaziyat
Nikoh 12 yil davom etgan. Shu davrda kvartira va avtomobil olingan, ikkalasi ham erining nomida. Ajrashgandan keyin er mulkni bo‘lishdan bosh tortdi.
2Har bir er-xotin bilishi kerak bo‘lgan 3 ta qoida
- 1-qoidaMulk kimning nomida ekanining ahamiyati yo‘q. Nikoh davrida orttirilgan mol-mulk er-xotinning umumiy mulki hisoblanadi (Oila kodeksi, 23-modda).
- 2-qoidaUyda o‘tirgan xotin ham teng huquqli. Uy ishlari va bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan, daromadi bo‘lmagan tomon ham mulkning yarmini olishga haqli.
- 3-qoidaUlushlar odatda teng — 50/50. Nikoh shartnomasi bo‘lmasa, sud odatda shu tartibni qo‘llaydi (Oila kodeksi, 28-modda).
Mijoz ismi va shaxsiy ma’lumotlari advokatlik siri sababli ko‘rsatilmaydi. Har bir ish individual: avvalgi natija kelajakdagi natijani kafolatlamaydi.
Birinchi qadam
Sizda ham shunday vaziyatmi?
Ariza qoldiring — advokat siz bilan bog‘lanib, konsultatsiya vaqtini kelishadi. Uchrashuvdan siz aniq reja bilan chiqasiz.
- Vaziyat va hujjatlaringiz tahlili
- Xavflar va imkoniyatlar bahosi
- Aniq reja: nima qilish, qancha vaqt va qancha xarajat
- Advokatning o‘zi bilan, o‘zbek, xitoy yoki ingliz tilida
Boshqa natijalar
Yana real ishlar
Uy-joySud qarori ilova qilingan
Quruvchi pulni qaytarmadi236 million so‘mini sud orqali qaytarib oldikBatafsil
Davlat xaridlariSud qarori ilova qilingan
Pulni oldi-yu, tovar bermadiFirmadan jarima va penya undirib oldik — ikkala sudni ham yutdikBatafsil
Jinoiy ish
Firibgar deb gumon qilishdiMijoz qamalmadi — ish sudgacha, tergovning o‘zida yopildiBatafsil Har bir ish individual: avvalgi natija kelajakdagi natijani kafolatlamaydi.