+998 99 875 92 40 Konsultatsiya
Quruvchi pulni qaytarmadi

Keys · Uy-joy

Quruvchi pulni qaytarmadi — 236 million so‘mini sud orqali qaytarib oldik

Mijoz shartnomadan chiqmoqchi edi, quruvchi esa arizasiga javob ham bermadi. Sud to‘langan pulni va ushlab turilgan kunlar uchun foizni undirishga qaror qildi.

  • Yakkasaroy sudi
  • 05.06.2025
  • Da’vo to‘liq qanoatlantirildi
  • Advokat №000452
  • Mediator №570
  • Ishni o‘zi yuritadi

Konsultatsiyaga yozilingAdvokat bilan shaxsan · ma’lumotlar sir saqlanadi

+ Vaziyatni qisqacha yozish

Ma’lumotlaringiz advokatlik siri bilan himoyalanadi.

1Vaziyat

Mijozimiz Toshkentda qurilayotgan turar joy majmuasidan 44,2 kv.m xonadon olish uchun quruvchi bilan investitsiya shartnomasi tuzgan. Xonadon qiymati 375,7 mln so‘m edi, mijoz shundan 216,8 mln so‘mni to‘lab bo‘lgan.

Keyin mijoz shartnomadan chiqishga qaror qildi. Shartnomada bir tomonlama bekor qilish huquqi va pulni 1 oy ichida qaytarish majburiyati yozilgan edi. Mijoz ariza berdi, lekin quruvchi javob bermadi va pul qaytarilmadi.

2Nima qildik

  • ShartnomaShartnomadagi bekor qilish va pulni qaytarish haqidagi bandlarga tayandik
  • FK 384-m.Shartnomani sud orqali bekor qilishni talab qildik
  • FK 327-m.Pul noqonuniy ushlab turilgani uchun foiz hisobladik

3Natija

Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik ishlari sudi, 05.06.2025

  • Da’vo to‘liq qanoatlantirildi
  • Shartnoma bekor qilindi
  • Quruvchidan mijoz foydasiga pul undirishga qaror qilindi
To‘langan pul216 859 000 so‘m
Foiz (FK 327-modda)15 014 505 so‘m
Davlat boji va pochta xarajatlariqoplandi
Jami236 661 005 so‘m
Sud qarori
Sud qarori

Asl hal qiluv qarorining nusxasi. Tomonlar, sudya va ish raqami advokatlik siri sababli yashirilgan.

Qarorni ochish (PDF) PDF · 6 bet
Bilib qo‘yingQuruvchi pulni qaytarmasa, siz faqat to‘lagan summani emas, pul ushlab turilgan kunlar uchun foizni ham talab qilishingiz mumkin. Asosiysi — shartnomani diqqat bilan o‘qish va muddatlarni o‘tkazib yubormaslik.

Mijoz ismi va shaxsiy ma’lumotlari advokatlik siri sababli ko‘rsatilmaydi. Har bir ish individual: avvalgi natija kelajakdagi natijani kafolatlamaydi.

Birinchi qadam

Sizda ham shunday vaziyatmi?

Ariza qoldiring — advokat siz bilan bog‘lanib, konsultatsiya vaqtini kelishadi. Uchrashuvdan siz aniq reja bilan chiqasiz.

Konsultatsiya300 000 so‘m
  • Vaziyat va hujjatlaringiz tahlili
  • Xavflar va imkoniyatlar bahosi
  • Aniq reja: nima qilish, qancha vaqt va qancha xarajat
  • Advokatning o‘zi bilan, o‘zbek, xitoy yoki ingliz tilida
+ Vaziyatni qisqacha yozish

Ma’lumotlaringiz advokatlik siri bilan himoyalanadi.

yoki hoziroq bog‘laning: Qo‘ng‘iroq Telegram
Qo‘ng‘iroq Telegram Yozilish